20:39 / 27.02.2017
49817

Yakkasaroydagi tungi klublarda reydlar o‘tkazildi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB xodimlari internet-klublari va tungi klublarda profilaktika reydlari o‘tkazmoqda.

O‘tgan haftada  huquq-tartibot organlari xodimlari "Qushbegi" va "Dilbuloq" mahallalaridagi tungi klublar, internet klublar va ko‘ngilochar maskanlarda bo‘lishgan. Ular klublar xo‘jayinlari bilan gaplashib, kompyuter klublari va tungi klublarda soat 22:00dan keyin voyaga yetganlar hamrohligida bo‘lmagan o‘smirlar kelishi mumkin emasligi, aks holda tegishli choralar qo‘llanishi haqida ogohlantirishgan.

"Yakkasaroy", "Meros", "To‘qimachi" va "Muhandis" mahallalarida militsiya xodimlari pasport-viza rejimini tekshirishgan. "Abdulla Qahhor", "H.Sulaymon", "Bobur" va "Damariq" ko‘chalarida profilaktika hisobidagi shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazilgan.

Bunday tadbirlar butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammolar va kamchiliklarga bag‘ishlangan videoselektorda haftaning har payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e'lon qilishni taklif etgan edi.

Mavzuga oid
Top