12:46 / 27.02.2017
4081

Yaponiya Xavfsizlik kengashi kotibi AQShga otlandi

Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Syotaro Yati 27 fevralda AQShga yo‘l oladi. U Vashingtonda prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.

"Yati 27 fevraldan 1 martgacha AQShda bo‘ladi. Hozirda, uning Makmaster bilan uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda", - degan Suga. Muzokaralardagi asosiy mavzulardan biri Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat bo‘lishi mumkin. Biroq, Yosixide Suga kun tartibiga oydinlik kiritmagan. 

Ikki davlat rahbarlarining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilari 22 fevralda telefon orqali muloqot qilishgan edi. Unda mintaqaviy xavfsizlik masalalari borasida fikr almashilgandi. Xabarlarga ko‘ra, Yati Tokio va Vashingtonning Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyat yuzasidan umumiy qarashini shakllantirishni rejalashtirgan. Ushbu dengizdagi Senkaku oroli Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi tortishuvlar mavzusi bo‘lib keladi. 

Mavzuga oid
Top