08:46 / 27.02.2017
3081

Britaniya parlamentining eng keksa a'zosi vafot etdi

Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasining eng keksa a'zosi Jyerald Kaufman 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda marhum oilasining rasmiy vakili 26 fevral kechki payt ma'lum qildi. 

Kaufman parlamentda 1970 yildan beri Shimoli-g‘arbiy Angliyadan leyboristlar a'zosi bo‘lib kelgan. 2015 yilda quyi palataning eng keksa deputati deb topilgandi.

"U hayot va siyosatni yaxshi ko‘rardi. Men uni qo‘msab qolaman ", deb aytgan leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin. Korbin Kaufmanni "nodir shaxs" deb atadi.

Mavzuga oid
Top