22:30 / 27.02.2017
5657
Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining virtual qabulxonasi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi faoliyati bo‘yicha fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlaridan kelib tushayotgan murojaatlarni qisqa fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida, hududiy boshqarma boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushganligini ma'lum qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar Toshkent viloyati hududidan davlat mulki obektlarini xususiylashtirish, ularni ijaraga olish, o‘z iste'mol huquqlarini himoya qilish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik va davlat raqobat qo‘mitasi vakolati doirasiga kiradigan boshqa xizmatlar bo‘yicha murojaat, shikoyat va takliflarini qabul.gkk.uz manzili orqali hududiy boshqarma boshlig‘i virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining ishonch telefoni (371) 230-41-81 faoliyat yuritmoqda.

Top