14:18 / 27.02.2017
7888

G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroil janubiga kelib tushdi

27 fevral kuni Falastinning G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroilning aholi istiqomat qilmaydigan hududiga kelib tushgan. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmatining axborotnomasida ma'lum qilingan. 

"G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroil janubidagi aholi istiqomat qilmaydigan hududda portladi", - deyiladi xabarda. Ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. 

Harbiy bo‘linma raketa qoldiqlarini topish uchun hududda qidiruv ishlarini o‘tkazmoqda.

Top