00:38 / 27.02.2017
22058

Konor Makgregorning keyingi raqibi kim bo‘lishi ma'lum qilindi

Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) chempioni Konor Makgregorning keyingi raqibi rossiyalik Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang g‘olibi bo‘ladi. Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma'lum qildi. 

"Men Konorning keyingi jangi MMA qoidalari bo‘yicha UFC’da bo‘lishini kutmoqdaman. Bu jang Xabib va Fergyuson o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan bo‘ladi. Ikki keskin jangchi. Reytingdagi birinchi va ikkinchi raqamli jangchilar. Bundan yaxshirog‘i bo‘lmaydi. Bu yigitlar bir-birlarini ko‘rgani ko‘zlari yo‘q va jang shafqatsiz bo‘ladi", deb aytdi Uayt.

UFC rahbari shuningdek Makgregorning amerikalik bokschi Floyd Meyuezer bilan jangi bo‘lishi ehtimoliga baho berdi. "Biz Makgregor va Meyuezer jangining qanday bosqichida turibmiz? Bilmadim. Biz hech qaysi bir bosqichidamasmiz", deb ta'kidlab o‘tdi Uayt.

Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang 4 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Unda yengil vazn toifasida UFC chempioni unvoni o‘ynaladi.

Top