09:39 / 27.02.2017
6525

«La-La Lend» «Oskar»lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatish imkonini yo‘qotdi

Rejissyor Demen Shazellning «La-La Lend» filmi qo‘lga kiritilgan Amerika kino san'ati akademiyasining «Oskar» mukofotlari soni bo‘yicha rekord o‘rnata olmaydigan bo‘ldi.

14 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga da'vogarlik qilgan «La-La Lend» filmi «Eng yaxshi qo‘shiq», «Eng yaxshi original saundtrek» va «Eng yaxshi operatorlik ishi» yo‘nalishlarida mukofotni qo‘lga kiritdi, ammo «Eng yaxshi ovoz», «Eng yaxshi ovoz montaji», «Eng yaxshi liboslar» va «Eng yaxshi ssenariy» nominatsiyalarida boshqa da'vogarlar g‘olib bo‘ldi. Natijada ushbu film kinematografiya tarixidagi eng ko‘p «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan filmga aylanish imkoniyatini boy berdi.

«Oskar» mukofotlari soni bo‘yicha birinchilik «Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi», «Titanik» va «Ben-Gur» filmlariga tegishli, ular 11tadan haykalchalarni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
Top