16:20 / 27.02.2017
7706

OAV: Turkiya temir yo‘lida portlash ro‘y berdi

Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi temir yo‘llardan birida portlash yuz berdi. Bunga temir yo‘lga o‘rnatilgan bombaning harakatga kelgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda HaberTurk telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash yuk poyezdi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda. Qurbonlar ham yo‘q. 

Shu bilan birga, portlash 10 vagonning ag‘darilib ketishiga olib kelgan. 

Xabar qilinishicha, bomba Sur tumanidagi Karpuzlu qishlog‘i yaqinidan o‘tuvchi temir yo‘l ostiga o‘rnatilgan bo‘lgan. 

Top