00:18 / 27.02.2017
25594

Putin va Nazarboyev birgalikda hordiq chiqardilar

Foto: gazeta/POOL

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev norasmiy holatda suhbatlashdilar. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Peskovning aytishicha, ikki yetakchi 26 fevralda Olmaota yaqinidagi tog‘-chang‘i kurortida chang‘i uchib, hordiq chiqarishgan.    

27 fevralda yetakchilarning Olmaotada rasmiy uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shundan keyin Putin Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. 

Top