14:53 / 27.02.2017
8890

Samsungdan yangi mahsulotlar: Galaxy Tab 3, Galaxy Book va yangi VR-shlem

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi MWC-2017 elektronika ko‘rgazmasida Android-plansheti Galaxy Tab 3, Windows-planshetlari Galaxy Book va virtual reallik vositasi hisoblanuvchi yangilangan VR-shlemni taqdim etdi. 

Kompaniyaning yangi avlod Android-plansheti yangi stilus qalamchasi S Pen bilan birga yetkazib beriladi. Qalam uchi 0,7 mmni tashkil etadi, bosish sezgirligi ham kuchaytirilgan. Planshet 10 bitli rangdagi HDR videolarni o‘qiy oladi. Multimedia mahsulotdan qulay foydalanish maqsadida 4ta ovozkuchaytirgich o‘rnatilgan. Ular AKG by HARMAN bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, uning muqobillik muddati ham uzaytirilgan bo‘lib, Galaxy Tab 3 12 soat mobaynida videoni uzluksiz namoyish eta oladi. Demak, tanishamiz, Galaxy Tab 3 xususiyatlari:

•  Displey: 9,7 dyuym, sifati 2048x1536 piksel, Super AMOLED;
•  Protsessor: Snapdragon 820 — 2,15 GGtsli 4 yadro + 1,6 GGtsli 4 yadro;
•  Xotira: 4 Gb operativ va 32 Gb ichki o‘rnatilganidan tashqari, microSD xotira kartalari ham mos keladi;
•  Kamera: asosiy 13 Mpli va 5 Mpli old kamera;
•  Akkumulyator: 6000 mA/s, tez quvvalanadi;
•  OC: Android 7.0 Nougat;
•  O‘lchamlari: 237,3x169x6 mm, vazni 429 gramm.

Samsung kompaniyasining yangi Windows-planshetlari ikki namunada taqdim etildi. Bular 10,6 va 12 dyuymli ekranlarga ega elektronika mahsulotlaridir. Ulardan maxsus qoplama klaviatura evaziga noutbuk sifatida foydalanish ham mumkin. Planshetlar videoni 10 soat mobaynida uzluksiz namoyish eta oladi. Ularning texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:

•  Displey: 10,6/12 dyuym, sifati 1920x1080/2048x1440 piksel, TFT/Super AMOLED;
•  Protsessor: Intel Core m3 / Intel Core i5 protsessorlarining yettinchi avlodi;
•  Xotira: 4 Gb operativ va 64/128 Gb ichki xotira, microSD xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi;
•  Kamera: 13 Mp asosiy va 5 Mp old kamera (Galaxy Book 10,6 planshetida faqat oldi kamera o‘rnatiladi);
•  Akkumulyator: 30,4 Vt/39,04 Vt, tez quvvatlanadi;
•  DT: Windows 10;
•  O‘lchamlari: 261,2x179,1x8,9/291,3x199,8x7,4 mm, vazni 640/754 gramm.

Janubiy Koreya kompaniyasi MWC-2017 elektronika ko‘rgazmasida, shuningdek, yangi virtual reallik ko‘zoynagi VR-shlemini ham taqdim etdi. Samsung mahsuloti Oculus kompaniyasi kontrolleri bilan birga yetkazib beriladi. Qurilma virtual reallikda ishlash va ko‘ngil ochish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunga tachpad va harakatni aniqlovchi turli sensorlar imkon beradi. Boshqaruv pultining o‘zida «Asosiy», «orqaga» va tovush tugmalari ham joylashtirilgan. Kontroller ikkita AAA-batareyalaridan ishlaydi. 

Yangi Samsung Gear VR Galaxy S7, S7 edge, Note5, S6 edge+, S6 va S6 edge smartfonlariga mos keladi.

Mavzuga oid
Top