17:39 / 27.02.2017
17590

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi

Rossiyaning Peterburg shahridagi qurilish maydonlaridan birida yana bir baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida o‘zbekistonlik yosh muhojir halok bo‘ldi. U yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning 21-qavatidan tushib ketgan.

"Operativnoye prikrytiye" yangiliklar agentligining xabar qilishicha, quruvchining jonsiz tanasi 25 fevral kuni ertalab soat 10da "Severnaya Dolina" turarjoy kompleksi hududida topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar marhum jasadida balandlikdan tushib ketishdan so‘ng kuzatiladigan jarohatlarni aniqlashgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 21-qavatdan tushib ketgan. Bu fojiaga nima sabab bo‘lganini huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshirmoqda. 

Top