09:21 / 27.02.2017
6884

Trampning farmoni tufayli taqdimotga kela olmagan suriyalik operator filmi «Oskar» oldi

Suriyalik operator Xolid Xatib tomonidan suratga olingan «Oq dubulg‘alar» (White Helmets) qisqa metrajli hujjatli filmi «Eng yaxshi qisqametrajli hujjatli film» yo‘nalishida AQSh kinoakademiyasi mukofotiga sazovor ko‘rildi.

21 yoshli kinoijodkor Xolid Xatib AQSh prezidenti Donal Trampning farmoni tufayli taqdimotga tashrif buyura olmadi.

 

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, taqiqqa  Xatibga nisbatan topilgan «salbiy axborot» sabab bo‘lgan.

40 daqiqa davom etuvchi lentada «Oq dubulg‘alar»ning 3 nafar xodimi haqida tasvirlanadi. Ular bombardimonlar ostida qolayotgan suriyaliklarga yordam berish uchun Turkiyadan Suriyaga kelishadi. «Oq dubulg‘alar» a'zolari o‘zlarini ko‘ngilli qutqaruvchilar deb atashadi, ular Bashar Asad rejimiga qarshi bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top