21:28 / 28.02.2017
54220

Pensionerlar uchun yangi qulaylik yaratildi

Pensiya fondi nafaqaxo‘rlar va ijtimoiy to‘lovlar to‘lanuvchi kishilar uchun yangi interfaol xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati tomonidan xabar berildi

Pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchi kishilarga pensiya hajmi hamda uning to‘lanish muddati haqida real vaqt rejimida ma'lumot olish uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yangi interfaol xizmat - mobil qurilma orqali SMS-so‘rov xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 

Pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma'lumot olish uchun 10711 raqamiga pensioner yoki nafaqa oluvchining pensionerlik guvohnomasida ko‘rsatilgan shaxsiy hisobvaraqni (yetti raqamdan iborat) SMS-so‘rov sifatida yuborish lozim.

Mazkur interaktiv xizmatni joriy etish uchun Pensiya jamg‘armasi va tegishli kontent provayder bilan shartnoma tuzilgan.

SMS-so‘rov bo‘yicha taqdim etiladigan ma'lumotlar kontent provayder va mobil aloqa operatori tomonidan amalga oshiriladi.

Top