19:57 / 28.02.2017
22669

«Toshshahartransxizmat» 28 fevralda avtobus bilan yuz bergan favqulodda vaziyatga izoh berdi

«Toshshahartransxizmat» AJ vakillari podrobno.uz nashri muxbiriga 28 fevralda Toshkentda avtobus bilan yuz bergan favqulodda vaziyatga izoh berishdi.

«Elektr simning plastmassa qobig‘i Mercedes-Benz avtobusining tutab ketishiga sabab bo‘lgan. Harakat vaqtida plastmassa qobiq erib, qaynoq kollektor ustiga tushgan va shu sababli quyuq tutun chiqa boshlagan. Haydovchi o‘t o‘chirgichdan foydalanib, tutunni bartaraf etgan. Jabrlanganlar yo‘q», deb ma'lum qilingan tashkilotda. 

Ta'kidlanishicha, transport vositasini avtobus saroyiga shatakka olib ketishgan. Elektr simdagi nuqsonlar bartaraf etilgan. Boshqa jiddiy nosozliklar aniqlanmagan. Taxminan soat 17:10da avtobus yana yo‘nalishga chiqqan.

Avvalroq ushbu hodisa O‘zgarish mavzesida, Janubiy vokzaldan Sergeli tomonga bo‘lgan yo‘lda yuz bergani ma'lum qilingandi

Top