20:36 / 28.02.2017
7410

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi YaIMning har yili kamida 7 foizga oshishiga umid qilmoqda

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi mamlakatning Besh yillik harakatlar strategiyasi bajarilishini BMTning 2030 yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi bilan moslashtiruvchi hukumat topshirig‘i loyihasini tayyorladi.     

2015 yil sentabrda BMTga a'zo davlatlar yetakchilari, jumladan O‘zbekiston rahbari tomondan 17 ta global maqsad va 169 ta vazifadan iborat bo‘lgan barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘z ichiga olgan BMTning 2030 yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi qabul qilingandi.    

O‘zbekiston hukumati tomondan ishlab chiqilgan loyiha O‘zbekiston uchun moslashtirilgan milliy maqsadlar va barqaror rivojlanish sohasidagi vazifalarni tasdiqlaydi.

Unga ko‘ra, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotni yiliga 7 foizdan kam bo‘lmagan va aholi jon boshiga 2,5 martadan kam bo‘lmagan darajada oshirishni ta'minlash rejalashtirilmoqda.   

Davlat sanoatning 2030 yilgacha YaIMdagi ulushini 40 foizga yetkazish bilan uning barqaror rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bunga qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, zaxiralarni tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash bilan yangi korxonalar tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalash bilan erishilmoqchi.  

Ustuvor yo‘nalishlar orasida kichik ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalarning moliyaviy xizmatlar, jumladan qimmat bo‘lmagan kreditlardan foydalana olishi, infratuzilma va sanoat korxonalarini modernizatsiyalash kabilar mavjud.   

Joriy yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlagandi. 

Ushbu hujjat o‘tkazilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlatni va jamiyatni har tomonlama va tezkor rivojlanishini ta'minlash uchun sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish va turmushning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan.

Top