13:49 / 01.03.2017
9451

Kim Chen In KXDRdagi yirik harbiy qarorgohni ko‘zdan kechirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 966-raqamli qo‘shma harbiy qarorgohga tashrif buyurdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi. 

Koreya xalq armiyasi oliy bosh qo‘mondoni qurollanish, harbiy texnika, operatsion faoliyat rejasi va harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturi bilan yaqindan tanishdi. Kim Chen In "uning shaxsiy tarkibi sotsialistik mamlakat himoyasini ta'minlash uchun yuqori harbiy tayyorgarlikni saqlab qolishiga" ishonch bildirdi.

Davlat rahbari harbiylarga alohida e'tibor berishini namoyon qilish maqsadida ular bilan birga suratga tushdi. 

Ta'kidlanishicha, Kim Chen In joriy oyda kutilayotgan Amerika-Janubiy Koreya o‘quv mashg‘ulotlari arafasida harbiy qismlarni ko‘zdan kechirmoqda. 

Mavzuga oid
Top