08:55 / 01.03.2017
10974

Messi «Barselona»ning transfer ishlariga aralashishda davom etmoqda

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub jamoaga mavsum boshida olib kelingan Pako Alkaser sotib yuborilishini kutmoqda. Bu haqda Don Balon xabar tarqatdi.

Ispaniyalik yosh futbolchi 2016 yilning yozida taxminan 30 mln. yevro evaziga Kataloniyaga olib kelingandi. «Barsa» murabbiylar shtabining fikricha, u Luis Suaresga raqobatchi bo‘lishi kerak edi, biroq 23 yoshli futbolchi kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida futbolchi 11 uchrashuvda 1ta gol kirita oldi xolos.

«Barselona» yangi hujumchi olish bo‘yicha Messining istaklarini eshitishga tayyorligini bildirgan va jamoa saviyasiga mos bo‘lgan boshqa futbolchini jamoaga olib kelishni mo‘ljallab turibdi. Shuningdek, Messi hozirda «Valensiya»da ijara asosida to‘p surayotgan Munir El-Haddodiyni jamoaga qaytarilishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Messi «Barselona» Jyeremi Matyo, Luka Din va Andre Gomeshni ko‘rishni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top