18:02 / 01.03.2017
6841

OAV: Turkiya amerikalik harbiylarni Injirlik bazasiga kiritmasligi mumkin

Foto: AFP

Turkiya hukumati Amerika harbiylariga Injirlik aviabazasiga kirishga ruxsat bermasligi mumkin. Rasmiy Vashington Suriyaning Raqqa shahridagi IShID jangarilariga qarshi kurashda kurdlarning "Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalari" (YPG) va "Demokratik ittifoqi" (PYD) bilan hamkorlik qilishni davom ettirsa, shunday yo‘l tutilishi ehtimol. Bu haqda Yeni Safak nashri o‘z manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Anqara ma'muriyati, shuningdek, AQSh aviatsiyasi uchun mamlakat osmonini yopish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. 

Shu bilan birga, Turkiya tomoni Vashington bilan olib borgan muzokaralarda ma'lum qilishicha, Raqqa shahri atrofida istiqomat qiluvchi kurdlar va arablar, "Ozod Suriya armiyasi" ishtirok etishiga qarshilik qilmaydi. 

Ta'kidlanishicha, AQSh Suriya arab koalitsiyasi deb nomlanuchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularga yordam berib keladi. Bu kuchlar o‘zlarini prezident Bashar Asadga muxolifat deb e'lon qilgan bo‘lsa-da, Raqqa va boshqa joylarda IShIDga qarshi kurashmoqda. 

Amerika harbiy-havo kuchlari Turkiya bilan hamkorlikda Injirlik aviabazasidan foydalanadi. Bu yerda Vashington yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaga kiruvchi qator mamlakatlar samolyotlari ham bor. 

 

Top