21:27 / 02.03.2017
70872

Chilonzordagi dahshatli yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Ts-mavzesi, Cho‘pon Ota ko‘chasi 28A-uyda joylashgan ma'muriy binoda sodir bo‘lgan yong‘inga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritildi. Unga binoning birinchi qavatidagi xonalardan biridagi elektr uskunalarida yuz bergan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. 

Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.

Mazkur brifingda, shuningdek, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 25-uyda joylashgan biznes markaz binosining 8-qavatida sodir bo‘lgan yong‘in sababi ham aytildi. 

Unga ko‘ra, 8-qavatdagi yong‘in yuz bergan xonada kompyuter uskunasi, printer, ularga elektr manbaiga ulanish imkonini beruvchi “pilot”ning doimo ishlab turgani oqibatida qisqa tutashuv yuz bergan. Bunga bir jihatdan “pilot”ning eskirganligi va belgilangan xizmat muddatini ortig‘i bilan o‘tagani ham asos bo‘lgani aniqlangan.

Top