18:52 / 02.03.2017
9264

Foto: Xitoydagi «velokamalak»

Shanxayda yo‘lovchilar tomonidan qoldirib ketilgan kamida to‘rt ming ijaraga beriluvchi velosipedlar bir joyga yig‘ildi hamda maxsus turargohda rang bo‘yicha alohida joylashtirildi. Bu ajoyib tasvirlar ko‘plab OAV qiziqishiga sabab bo‘ldi – unga ranglar ketma-ketligi tasodifan bo‘lganiga qaramay, “velosipedlar kamalagi” nomi berildi.

Xitoydagi velosipedlarni ijaraga berish kompaniyalari bir necha yildan beri foydalanuvchilarning ularga nisbatan beparvo munosabati bilan to‘qnash kelmoqda. Qoidalarga ko‘ra, ular transport vositasini, to‘langan vaqt yakuniga yetgach hamda tizim g‘ildiraklarni to‘sib qo‘yganidan so‘ng, yo‘l chetida qoldirib ketishlari mumkin, biroq ko‘plar velosipedlarni qayerda xohlashsa o‘sha yerda tashlab ketadi.

Shahar xizmatlari esa bunday velosipedlarni maxsus turargohlarga yig‘ishadi.

Top