00:58 / 02.03.2017
9941

Qirg‘iziston prezidenti apparatiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati

Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimiga Sapar Isakov tayinlandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot markazi ma'lum qildi.   

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bu haqdagi farmonni 1 mart kuni imzoladi.

Isakovning oxirgi ishlagan joyi prezident apparati bo‘lib, u 2017 yil 31 yanvardan  rahbar o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Isakov 3-darajali davlat maslahatchisi hisoblanadi hamda Qirg‘izistonning favqulodda va muxtor elchisi diplomatik maqomiga ega. 

Mavzuga oid
Top