15:59 / 02.03.2017
11805

Medvedev: Sanktsiyalarni hech kim bekor qilmaydi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev aytib o‘tdiki, G‘arb tomonidan sanksiyalarning bekor qilinishini kutishda ma'no yo‘q. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirib o‘tgan.

«Qo‘rqishning hojati yo‘q, sanksiyalarni hech kim bekor qilmaydi. Men avval ham aytgandim, G‘arb bu sanksiyalar doimiy ravishda amalda bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rgan. Bu qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun turtki beradi»,— degan Medvedev.

Bundan oldinroq Rossiya bosh vaziri mamlakat aholisini sanksiyalar keltirib chiqargan sharoitda «uzoq muddat yashash»ga tayyorlanishga chaqirgandi.

Top