11:40 / 03.03.2017
3582

AQSh chegalaridagi “ekstremizmga tekshiruvlar” samarasiz deb topildi

AQSh milliy xavfsizlik vazirligi chegaralardagi “ekstremizmga tekshiruvdan o‘tkazish” samarasiz ekanini tan oldi. Tramp ma'muriyati g‘oyasiga ko‘ra, undan Qo‘shma Shtatlarga “terrorchilik eksportchilari” deya ataluvchi mamlakatlardan keluvchilarning barchasi o‘tkazilishi kerak.

Mahkama tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, AQShga kelgan ekstremistlarning aksariyati Amerikada bir necha yil yashagan keyin radikal kayfiyatda bo‘la boshlagan.

“Bu mamlakatga terrorchilar kirishining oldini olishga yo‘naltirilgan skrining imkonini sezilarli darajada cheklaydi”, - deya ta'kidlanadi hujjatda.

Bu hisobot Donald Trampning Qo‘shma Shtatlarga yetti musulmon davlatlar fuqarolarini kiritmaslik bo‘yicha rejasiga yana bir zarba bo‘lib tushishi aniq. Davlat rahbarining fikricha, aynan ushbu mamlakatlardan eng jiddiy terrorchilik tahdidi kelar ekan.

Top