08:17 / 03.03.2017
4627

Bloomberg: Snapchat egalari IPO yordamida 3 mlrd dollarga boyidi

Snap ijtimoiy messenjeri aksiyalariga talab yuqori bo‘lgani sababli, birinchi savdo kunidagi natija ancha samarali bo‘ldi. Bloomberg agentligining xabar qilishicha, buning natijasida tarmoq asoschilarining boyligi 3 mlrd dollarga ko‘paygan.

Snapchat messenjeri mualliflari Evan Shpigel va Bobbi Merfi 1,5 mlrd dollardan ishlab olishdi.

Reuters agentligining xabarlariga ko‘ra, Snap aksiyalarining narxi Amerika birjasida sotila boshlanganidan so‘ng 45,7 foizga qimmatlashgan.

Aktsiyalarning donasi 24 dollardan sotilgan. Ularning boshlang‘ich narxi 17 dollar bo‘lgan. 

IPO (initial public offering) savdosida fond bozoriga aksiya chiqaruvchi yirik moliyaviy muassasalar (banklar, investitsiya fondlari) kafolati vositasida o‘z aksiyalarini birjaga joylashtiradi. 

Top