08:03 / 03.03.2017
5138

Braziliya prezidenti davlat rahbari qarorgohida yashashdan bosh tortdi

Braziliya prezidenti Mishel Temer davlat rahbarining rasmiy qarorgohida doimiy yashashni istamayapti. Bu haqda mahalliy OAV xabar qilmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, Temer Alvorada saroyini haddan ortiq katta deb hisoblamoqda. Uning fikricha, saroy uy muhitiga ega emas. Shu sababli Temer rafiqasi bilan hashamatli Jaburu qasrida yashashga qaror qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Mishel Temer Braziliya prezidentining rasmiy qarorgohida atigi 12 kun istiqomat qilgan. Bungacha, uning ko‘rsatmasi bilan saroyda kapital ta'mirlash o‘tkazilgan edi. 

Top