19:34 / 03.03.2017
6518

Xitoylik politsiyachilar o‘g‘riga to‘yini oxirigacha o‘tkazib olishga ijozat berishdi

Xitoyning janubidagi Xeyshuy uyezdida politsiyachilar mobil telefonlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan yigitni hibsga olish uchun uning to‘yini to‘xtatmaslikka va to‘y yakunlanishini kutishga qaror qildilar. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda

Kuyovning otasi to‘ydan oldin unga u kelin bilan ko‘chib o‘tishi kerak bo‘lgan yangi uyni jihozlash uchun 140 ming yuan (20,3 ming dollar) bergan. Biroq Van Chen ismli bu yigit bir oy ichida pullarni boshqa narsalarga sovurib tashlagan.

U otasi bergan mablag‘larni ishlab topish uchun ishga kirmoqchi bo‘lgan, biroq uning omadi chopmagan. Shunda yigit jinoyatga qo‘l urishga qaror qilgan. To‘ydan biroz oldin u bir do‘kondan 20 ta Apple va Samsung smartfonlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘tgan yil iyunda xitoylik politsiyachilar muvaffaqiyatli "ovdan" keyin holdan toyib uxlab qolgan o‘ta xavfli o‘g‘rini qo‘lga olishgan. O‘g‘ri Tszinan shahridagi piyodalar ko‘prigida mahalliy aholi tomonidan behush holda topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘g‘ri issiq urishi sababli hushidan ketgan deb o‘ylashgan. Biroq tez orada u "noz" uyqudaligi aniqlangan. O‘g‘rining yonidan 20 ming yuanlik (3 ming dollar) zeb-ziynat solingan paket chiqqan.

Top