21:18 / 03.03.2017
16990

Ikki soat ichida 415 ming dollar ishlab olgan sportchi hikoyasi

Foto USA Today

2017 yilning 2 martida soat 18:06da Mahalliy basketbol assotsiatsiyasining Oklenddagi «Golden Steyt Uorriorz» klubi 35 yoshli ispan Xose Kalderon bilan shartnoma imzolash haqida e'lon qildi. Kalderon jamoadagi so‘nggi bo‘sh o‘ringa olindi - unda 15 nafardan ziyod o‘yinchi bo‘lishi mumkin emas. 

Biroq soat 20:05da "Jangchilar"ning matbuot xizmati klub ispan o‘yinchini bo‘shatgani haqida ma'lum qildi. Umumiy hisobda Kalderon jamoa tarkibida 1 soatu 59 daqiqa vaqt o‘tkazdi. TJ shu haqidagi maqolasi bilan tanishdi.

Kalderon hatto jamoaga qo‘shilishga ham ulgurmadi. Keyinroq OAV ispaniyalik o‘yinchining shu ikki soat ichida 415 ming dollar olgani haqida xabar berdi. U bu pullarni mavsum oxiriga qadar (20dan ortiq o‘yindan keyin) ishlab olishi kerak edi. USA Today ushbu vaziyatni 35 yoshli basketbolchi hayotidagi "eng oson topilgan pullar" deya taxmin qildi - u hech narsa qilmay turib, har bir daqiqada 3,5 ming dollardan pul ishlagan. 

Manbaga ko‘ra, shu qisqa vaqt ichida «Golden Steyt» sportchiga forma tayyorlab, uni «Chikago Bulls» bilan bo‘ladigan matchga olib kelishga ulgurgan. Biroq Kalderonga kiyimning ham hojati qolmagan. 

3 mart kuni matbuot konferensiyasida jamoaning bosh murabbiyi Stiv Kerr nima uchun bunday bo‘lganini izohladi. Klub Kalderon bilan shartnoma imzolashdan bir necha kun oldin kelishib olgandi. Ispaniyalik basketbolchi «Uorriors» tarkibida o‘ynash uchun o‘zining avvalgi klubini tark etgandi. Biroq so‘nggi daqiqalarda Oklend jamoasi jarohat tufayli yetakchi forvardini yo‘qotadi. Shundan keyin ularga aynan shu pozitsiya o‘yinchisi (himoyachi) kerak bo‘lib qoldi. 

Uning o‘rniga so‘nggi bo‘sh o‘ringa boshqa basketbolchi olindi. Biroq murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, klub adolatsiz yo‘l tutishni istamagan, shu bois rasman kompensatsiya to‘lash maqsadida ispaniyalik sportchi bilan ikki soatga shartnoma imzolagan.

«Golden Steyt Uorriorz» mavsumning asosiy favoritlaridan biri hisoblanadi. OAVni esa endi boshqa bir savol qiziqtirmoqda: jamoa mavsumda g‘alaba qozongan taqdirda Kalderonga ham boshqa o‘yinchilar qatorida an'anaviy chempionlar uzugi taqdim etilarmikan? (Milliy basketbola assotsiatsiyasi qoidalariga ko‘ra, mavsum davomida jamoa ro‘yxatida bo‘lgan o‘yinchilar shunday mukofotga ega bo‘ladi).

Mavzuga oid
Top