08:22 / 03.03.2017
48337

OVIR stikerini bekor qilish haqidagi hujjat qachon tayyor bo‘lishi ma'lum qilindi

Foto: Sputnik

Xorijga chiqishga ruxsat beruvchi Vizalar va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi (OVIR) stikerini bekor qilish va uning o‘rniga xorijiy pasportlar kiritish taklifi joriy yilning sentabr oyi oxiridan vaqtliroq tayyor bo‘lmaydi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan muxbiriga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida ma'lum qilindi.  

Toshkent shahar IIBB vakilining aytishicha, hozirda militsiyaning mutasaddi xodimlari va huquqshunoslar OVIR stikeridan xorijiy pasportlarga o‘tishda qo‘llanadigan aniq choralarni tayyorlashmoqda.

"Sentyabr oxiriga biz barcha takliflarni birlashtirib, ularni Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun topshiramiz va u yerda yakuniy qaror chiqariladi. Hozircha xorijiy pasport biometrik yoki oddiy bo‘lishi noma'lum. Butun tizimni ishlab chiqish jarayoni ketmoqda. Yana bir muhim holat – bu tizimga o‘tishdan oldin amaldagi biometrik pasportlar bilan barcha jihatlarni hal qilish kerak, aks holda bu yana katta navbatlarga olib keladi", deb aytgan manba.    

Manba shu bilan birga O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy pasportlar qanday muddatga berilishi haqidagi savolga javob bera olmagan, biroq xalqaro tajribaga ko‘ra bunday pasportlar 10 yilga berilishini ta'kidlab o‘tgan. 

Pasport-viza tizimini takomillashtirish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish harakatlar strategiyasi doirasida rejalashtirilgan. 

OVIR stikerini bekor qilish haqidagi hujjatda, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlashda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinalari joriy qilish ko‘zda tutilgan, bu esa aeroportlar va vokzallarda bojxona kardonlarini o‘tish tizimini soddalashtirishga imkon beradi.

Mavzuga oid
Top