08:09 / 03.03.2017
10845

Rossiya va NATO samolyotlari bir kunning ichida 4 marta xavfli yaqinlashishgan

AQSh Harbiy-havo kuchlari generali Tod Uolters Rossiya qurolli kuchlari va NATO samolyotlarining 10 fevralda 4 marta xavfli yaqinlashganliklari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Defense News portali xabar bermoqda

Generalning aytishicha, shulardan uchta hodisa Su-24 qiruvchi samolyoti va yana biri Il-38 samolyoti bilan yuz bergan. Uolters bu hodisalarni bir-biri bilan bog‘lanmagan hodisalar sifatida ta'riflagan. Uning aytishicha, o‘sha kundan keyin bunday holatlar kuzatilmagan.

Uoltersning fikricha, samolyotlarning yaqinlashishi ularni boshqarishdagi xatolik hamda "o‘zining xatti-harakatini ifodalash" sifatida ham yuz beradi. Amerikalik generalning qo‘shimcha qilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari bunday hodisalar haqida Rossiya tomondan ma'lumot olishga urinib keladi, biroq ba'zida kutganidek yoki umuman hech qanday javobni olmaydi.

Biroq shu bilan birga Uoltersning ta'kidlashicha, oxirgi yarim yil ichida bunday hodisalar borgan sari kamroq uchramoqda. 

Mavzuga oid
Top