10:15 / 03.03.2017
12254

Skruj Makdak va "O‘rdaklar qissalari" multseriali yangi variantda ekranlarga qaytmoqda

Disney kinostudiyasi hozirda ham bolajonlar zavqlanib ko‘radigan 1990-yillarda yaratilgan "O‘rdaklar qissalari" multserialining yangi variantini yaratdi. Kinostudiya uning bosh qahramonlari – hasis Skruj Makdak va uning jiyanlari – o‘rdakchalar Billi, Villi va Dillining yangi qiyofalarini taqdim qildi. 

Disney’ning YouTube-kanalida multserial yangi variantining birinchi treyleri paydo bo‘ldi. Rolikda yangi vizual uslub va bosh qahramonlarning yangilangan qiyofalari namoyish qilingan. 

Multserialning yangi seriyalari 2017 yilda DisneyXD kanalida namoyish qilina boshlanadi. 

2016 yil dekabrda multserialning bosh qahramonlariga ovoz bergan aktyorlar multserialdagi qo‘shiqni ijro etishgan rolik chiqqan. 

Mavzuga oid
Top