19:48 / 03.03.2017
5830

TIVda Tojikiston elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 3 mart, juma kuni Tojikiston elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

Uchrashuvning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Top