21:22 / 04.03.2017
55817

Hasanboy Do‘smatov – Shonli qaytish

«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi katta boks kechasi poyoniga yetdi. Unda O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi  Rossiya Federatsiyasining “Patriot Boxing Team” jamoasiga qarshi kurash olib bordi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bokschilarning har biri 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishdi. 

Boks kechasining so‘nggi jangida Rio-2016 Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov 49 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Bator Sagaluyevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qayd etish joizki, bu Hasanboyning Braziliyadagi shonli yurishidan so‘nggi ringga ilk qaytishidir. 

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishdi.

Bokschilarimiz va murabbiylarni, hamyurtlarimizni ajoyib g‘alaba bilan qutlaymiz.

Mavzuga oid
Top