23:45 / 04.03.2017
5427

Britaniyalik tennischi Marrey 45-unvonini qo‘lga kiritdi

Ayni vaqtda dunyoning birinchi raqamli tennischisi, britaniyalik Endi Marrey Dubaydagi musobaqa finalida ispaniyalik Fernando Verdaskoni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Tennischilarning kortdagi bellashuvi 1 soat 13 daqiqa davom etgan.

Marrey shaxsiy uchrashuvlarda Verdaskoni 13-marta mag‘lub etdi. Dubaydagi unvon britaniyalik uchun 2017 yildagi birinchi va faoliyatidagi 45-unvoni bo‘ldi.

Top