9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:49 / 04.03.2017 12623

Chiron giperkarining ilk uchtasi mijozlarga yetkazib berildi

Giperkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Bugatti kompaniyasi Chiron giperkarining uchtasini xaridorlarga yetkazib berdi. Ishlab chiqaruvchi ushbu avtomobillarning yig‘ilishi va tayyorlanish jarayonini maxsus videorolikda namoyish qildi. Joriy yilda jami 70 dona Chiron (Shiron) ishlab chiqarilishi belgilangan.

Bugatti Chiron kupesi o‘tgan yilning fevral oyida namoyish qilingan edi. Giperkarning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lib, unga 1500 ot kuchiga ega, 8 silindrli W16 turbomotor hamda 7 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi joylangan. 

Model noldan 100 soat kilometr tezlikka 2,5 soniyada erishadi. 6,5 soniyada soatiga 200 km, 13,6 soniyada tezligini 300 kmga chiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga  420 kmni tashkil etadi. 

Giperkar 2,4 mln yevrodan boshlanadi. Umuman bu modeldan jami 500 dona yig‘iladi. O‘tgan yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 220ga yaqin giperkarga allaqachon buyurtma berilgan. Agar siz hozir ushbu mashinaga buyurtma bersangiz, 3 yildan so‘ng sizga yetkazib beriladi. 

Top