15:27 / 04.03.2017
8182

Eron S-300 komplekslarining sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Eron qurolli kuchlari havo hujumidan himoya mashg‘ulotlari doirasida S-300 komplekslarini muvaffaqitli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda "Tasnim" agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya tomonidan Eronga yetkazib berilgan S-300 zenit-raketa komplekslari "Demavend" nomli o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida sinab ko‘rilgan.

Rossiya mazkur havo hujumidan mudofaa vositalarini 2016 yilda Tehronga yetkazib bergan edi. 

Mavzuga oid
Top