18:48 / 04.03.2017
8955

Navoiy viloyatida profilaktik payshanba qanday o‘tdi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati tizimida mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishida xaftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb elon qilindi.

Ana shunday profilaktika uchrashuvlaridan biri Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o‘tkazildi. Unda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari, Navoiy shahar IIB xodimlari, Navoiy shahar imom-xatibi hamda kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Uchrashuv uchun bugunning dolzarb mavzulari - odam savdosi, narkotik moddalarning og‘ir oqibatlari, diniy ekstremizm tanlandi.

Bu tarzdagi uchrashuvlardan yana biri Navoiy viloyati Karmana tumani hududidagi 27-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘tkazildi. Unda yoshlar orasida giyohvand vositalari tarqalishiga qarshi kurashish hamda behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish va mamlakatimizga olib kirishni oldini olish borasida so‘z bordi.

Galdagi uchrashuv esa Karmana tumani “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. Unga mahalla faollari va shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar taklif etildi.

Barcha uchrashuvlarda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan va televideniye orqali ko‘rsatilgan  “Ko‘ngildagi qora dog‘lar” ko‘rsatuvi namoyish etildi. Ishtirokchilar ko‘rsatuvdan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardilar.

N.Raxmonova
Navoiy viloyati
bojxona boshqarmasi 
Axborot xizmati

Mavzuga oid
Top