13:10 / 04.03.2017
5469

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston elchisi bilan uchrashdi

2017 yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlar, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar muhokama qilindi.

 

Top