11:24 / 05.03.2017
5972

AQShda Tramp tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda

Politsiya Amerikaning bir qator shaharlarida mamlakat prezidenti Donald Trampga qarshi tomon va uning tarafdorlari o‘tkazgan marshlar vaqtida 20 nafardan ortiq kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Kaliforniya shtatida, Berkli shahri politsiyasi Trampning tarafdorlari va qarshi kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin 10dan ortiq kishi qo‘lga olingan. To‘qnashuv oqibatida kamida 7 kishi jarohatlangan.

Minnesota shtatida, Sent-Pol shahrida esa miting ishtirokchilaridan 6 nafari qo‘lga olingan. Ular pirotexnik vositalar ishlatishgandi.

Shuningdek, Tennesi shtatidagi Neshvill shahrida 2 kishi, Vashington shtatidagi Olimpiya shahrida 4 kishi qo‘lga olingan.

Bundan oldinroq, Berkli shahrida «Tramp uchun Marsh» tadbiri vaqtida Trampning tarafdorlari va muxolifati o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Top