23:15 / 05.03.2017
5691

APL. «Manchester Siti» mehmondan ishonchli g‘alaba bilan qaytdi

Angliya premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv «Stedium of Layt» stadionida bo‘lib o‘tdi va unda autsayder «Sanderlend» chempionlik uchun kurash olib borayotgan «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Serxio Aguero, ikkinchi bo‘limda esa Leroy Sane tomonidan kiritilgan gollar Gvardiola shogirdlariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Siti» hisobidagi ochkolar soni 55taga yetdi va jamoa «Tottenhem»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda, ulardan bir ochko kam jamg‘arib 3-o‘rinni egallab turibdi.

Angliya premer-ligasi, 27-tur

Sanderlend – Manchester Siti 0:2 (0:1)

Gollar: Aguero (42), Sane (59).
Sanderlend: Pikford, O′Shi, Ovedo, Jons, Kone, Yanuzay (Hazri, 82), Ndong, Larsson, Gibson (Roduell, 69), Borini, Defo.
Manchester Siti: Kabalero, Stounz, Klishi, Sanya, Kolarov, Silva, Ture (de Bryuyne, 78), Sterling (Nolito, 82), Fernandino, Sane (Delf, 89), Aguero.
Ogohlantirish: O′Shi (32).

Mavzuga oid
Top