15:23 / 05.03.2017
11177

«Barselona» murabbiyligi uchun yana bir nomzod. Bu o‘ninchisi

«Barselona» rahbariyati «Marsel» jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya bilan qiziqmoqda.

AS xabariga ko‘ra, ushbu mutaxassis jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Rudi Garsiya avvalroq «Lill» va «Roma» klublarida ishlagan edi. Yaqinda esa amerikalik tadbirkor Frenk Makkort tomonidan sotib olingan «Marsel» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlangandi.

Bundan avvalgi xabarlarda Kataloniyada Luis Enrikening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar 9 nafarligi, bular Ernesto Valverde («Atletik»), Ronald Kuman («Everton»), Xorxe Sampaoli («Sevilya»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Eusebio Sarkistan («Real Sosedad»), Massimiliano Allegri («Yuventus»), Oskar Garsiya («Zaltsburg»), Xavi («As-Sadd», Qatar) va ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan Loran Blan ekani aytilgandi.

Valverdedan Messigacha. «Barselona»ni boshqarishga 10 nomzod 

Mavzuga oid
Top