16:44 / 05.03.2017
4486

Yevrokomissiya banklar kiberxavfsizligini ta'minlashga kirishdi

Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlari banklarning kiberhujumlarga qarshilik ko‘rsatishga tayyorgarligini tekshirish uchun umumiy talablarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Yevrkomissiya rais o‘rinbosari Valdis Dombrovskis Bryusseldagi konferensiyada shu haqida ma'lum qildi. itsec.ru shu haqida xabar qildi.

"Biz turli mamlakatlarda qabul qilingan ko‘plab test sinovi qoidalarini chetlab o‘tmoqchimiz. Biz chegaraning barcha tomonlarida yo‘lga qo‘yiluvchi test sinovlari standartlarini qabul qilish zarur deb hisoblaymiz", - dedi Dombrovskis. Siyosatchining fikricha, umumiy standartlar YeI miqyosida umumiy stress-testlarni o‘tkazish uchun yo‘l ochib beradi, bu haqida Yevrokomissiya a'zolari bir necha bor aytishgan. 

Hozirda Yevrokomissiya chakana moliyaviy xizmatlar bozoriga oid harakatlar rejasini tayyorlamoqda. Sug‘urta, to‘lov va kredit bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham shular jumlasidandir. Yaqin haftalar ichida shunga doir hujjat chop etiladi. Dombrovskisning so‘zlariga ko‘ra, harakatlar rejasi tashkilotlarni elektron imzo va elektron ID kabi masofadan asl nusxani tekshiruvchi texnologiyalarni qo‘llashga rag‘batlantiradi. 

Mavzuga oid
Top