15:25 / 05.03.2017
3792

Filippindagi zilzila natijasida 1 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi

Filippindagi zilzila natijasida 1 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi. Bu haqida mamlakat hukumati bergan ma'lumotga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi. 

Filippin seysmik agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Surigao shahrining janubi-g‘arbidan 13 kilometr masofada 5,9 magnitudali zilzila ro‘y bergan. Tabiiy ofat o‘chog‘i 13 kilometr chuqurlikda ekani qayd etilgan. 

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu yer osti silkinishi 10 fevral kuni Filippin janubida kuzatilgan kuchli zilzilaning aks sadosidir. O‘shanda 4 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi jarohat olgan edi. 

Top