18:00 / 05.03.2017
8176

Toshkentdagi OO‘Yuda ilk o‘zbek konstruktor roboti taqdim etildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘zbekistonda yasalgan birinchi konstruktor robot — «Texnobot»ni namoyish etdi. Bu haqda universitet rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Konstruktorning xususiyatlari sifatida quyidagilar keltirilgan: ultratovushli datchik, infraqizil datchik, mikrofon, mp3 pleyer, sensorli tugma displeyi, fiksatsiya tugmalari, LCD, rangli sensor, harorat datchigi, harakat datchigi, yorug‘lik datchigi. Shuningdek, robotga uchta motor o‘rnatilgan, u Wi-Fi va Bluetooth’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Konstruktor 1000 dan ortiq detallarga ega.

Ushbu videoda loyiha tafsilotlari keltirilgan.

Top