16:57 / 06.03.2017
73587

Andijon yashagan yuz yil: kecha va bugun (fotoreportaj)

Foto: Kun.uz

Yaqinda poytaxt tomon poyezdda yo‘lga chiqib, yosh tarixchi yigit Iskandar bilan hamroh bo‘ldim. Andijondan Toshkentga qadar poyezdda olti soatda yetib borasiz. Bir kupeda ketgan kishilar esa, albatta, dildan suhbatlashib ketadilar. Bizda ham shunday bo‘ldi. Ayni paytda Andijon adabiyot va san'at muzeyida ilmiy xodim vazifasida ish olib borayotgan yo‘ldoshim 2500 yilga teng Andijon zamini tarixi haqida juda ko‘p narsalarni gapirib berdi. Uning qadimgi Dovon davlati, Qoradaryo bo‘yidagi Dalvarzintepa, Elaton yodgorliklari, Sohibqiron Amir Temurni Andijon hududida mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi ma'lumotlarini maroq bilan tingladim. Men erinmay savol beraman, u yigit javob qaytaradi. Gurunglashgancha olti soat yo‘lni qanday o‘tganini ham bilmay qolibmiz.

Inson o‘zi yashab turgan makon tarixi haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishni istashi tabiiy hol. Hammamiz ham: “Asrlar silsilasi, tamaddun mening zaminimda qanday kechgan ekan?”, degan savolga javob izlaymiz. Hamrohim gap orasida: “Menda Andijonni o‘tgan asr boshlaridagi fotosuratlari ham bor”, deb qoldi. Uning bu gapi kaminani rosa qiziqtirgani, aniq. Tug‘ilib o‘sgan yurtim haqidagi tarixiy kitoblarni harqalay o‘qiganim bor. Kitob mutolaasi davomida satrlarni o‘qib, tasavvur olamida suzasiz. Biroq suratning ham o‘z yo‘rig‘i bor. U kishiga o‘sha zamon ruhi, qiyofasini ham ko‘rsatib bera oladi. Manzilga yetgach hamrohim bilan yana bog‘lanish maqsadida bir-birimiz bilan telefon raqamlarimizni almashdik. Oradan bir hafta o‘tib, Iskandar Madg‘oziyevdan o‘sha tarixiy fotosuratlarni oldim. To‘g‘risi, uning arxividagi fotosuratlar men uchun zo‘r topilma bo‘ldi.

Jahon tamaddunida ulkan o‘rin egallagan “Buyuk ipak yo‘li” yo‘nalishidagi Andijon qadimgi davrdan, bundan deyarli 2,5 ming yildan beri tarix sahnasida o‘z o‘rniga, boy va ko‘rkam o‘tmishiga ega bo‘lgan, kelajagi porloq, buyuk va azim shahardir. Taqdim etayotgan ma'lumotlarim esa yaqin o‘tmishdan bir parcha xolos.

Quyida Andijon shahrining bundan bir asr avval qanday ko‘rinishda bo‘lgani va hozirda qanday qiyofa kasb etgani haqidagi fotoma'lumotlar bilan tanishing.

1.  Andijon. Eski shahar ko‘chasi

2.  Eski shahar hududidagi meva rastalari

3.  Shahardagi kichik ko‘chalardan biri.

4.  Bozor

5.  Yalang‘och ko‘rg‘on ko‘chasi

6.  Jome' masjidi

7.  Yangi shahar hududidagi ko‘chalardan biri

8.  Mingboshi masjidi atrofi

9.  Masjid

10.  Soyga qurilgan inshoot  

11.  Andijon uyezdiga qarashli Arslonbobdagi Chorvoq qishlog‘i

12.  Yerli aholining bayramidan olingan lavha

13.  Ayollar bazmi

14.  Masjid atrofida

15.  Masjid hovlisidagi minora

16.  Pichan bozori

17.  Masjid qurilishi

18.  Paxtani qayta ishlash zavodi

19.  Yangi shahardagi ko‘cha.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid
Top