17:49 / 06.03.2017
13117

Yangi iPhone haqida yangi ma'lumotlar oshkor etildi

Apple kompaniyasi OLED-displeyli 5,8 dyuymli iPhone 8 qurilmasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Nikkei Asian Review xabar berdi. 

"Joriy yilning kuz oylarida taqdim etiladigan yangi iPhone uch konfiguratsiyada ishlab chiqariladi - LCD-displeyli ikki model va OLED-ekranli, 5.8 dyuymli bir model", - deyiladi tahlilchilarning hisobotida. Bundan avval Nikkei manbalari telefonning to‘ng‘ich modeli 5,5 dyuym ekranga ega bo‘lishi haqida ma'lumot bergandi. 

Nikkei bilan bir qatorda KGI Securities tahlilchilari ham shunday xabar bilan chiqishgan. Unga ko‘ra, Apple flagmani displeyining asosiy sohasi 5,15 dyuymdan iborat. Ekran ostidagi qolgan "maydon"ni "funksional zona" egallagan, unda virtual tugmalar va barmoq izlari skaneri joylashgan. Bu ikki ekran birgalikda 5,8 dyuym diagonalga ega.

Top