20:42 / 06.03.2017
6558

Asaka yong‘in xavfsizligi xodimlari yangi binoga ega bo‘lishdi

Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi Asaka tuman yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari uchun barcha qulayliklarga ega bino foydalanishga topshirildi. Bino “Hamkor Trans Baraka” jamiyati tomonidan rekonstruksiya qilingan bo‘lib, unda shaxsiy tarkib uchun yotoqxona, dam olish xonasi, sport zali, yuvinish xonalari, 4 qavatli o‘quv minorasi mavjud. Davlat manzilli Dasturiga kiritilib, yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan  maskanda barcha qulayliklar yaratilgani soha xodimlarining samarali ish olib borishlari uchun xizmat qiladi.   

Bundan tashqari, Andijon viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Targ‘ibot markazida qayta ta'mirlash ishlari olib borildi. Targ‘ibot markaziga tashrif buyuruvchi ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlar, o‘quvchi, talabalar uchun  yangi jihozlar o‘rnatilib, ko‘rgazma zali maketlar, turli ko‘rgazmali qurollar va tarixiy eksponatlar bilan yanada boyitildi.

Markazga haftaning dushanba, juma kunlari 08:00dan 17:00ga qadar tashrif buyurish mumkin.

Ulug‘bek Qosimov, Andijon IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi katta muhandisi

Mavzuga oid
Top