00:09 / 06.03.2017
8060

Eronning sobiq prezidenti taqiqlovlarga qaramasdan tvitterda akkaunt ochdi

Foto: AP

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod o‘z vaqtida Eronda Twitter ijtimoiy tarmog‘ini to‘sishning faol tarafdori bo‘lganiga qaramasdan, ushbu ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochdi, deb xabar bermoqda The Guardian.

U o‘zining ilk xabarini ingliz tilida yozgan va ushbu akkaunt haqiqatan ham uniki ekanligini isbotlash uchun videosini joylashtirgan.

Sobiq prezident tvitida odamlarni uning @Ahmadinejad1956 akkauntini o‘qishga chorlagan.

Ahmadinajod akkauntida o‘zini "er, ota, bobo, universitet professori, prezident, mer, Eronning mag‘rur fuqarosi" deb ta'riflagan.

Twitter Eron fuqarolariga to‘silganiga qaramasdan, ushbu mamlakatning yuqori lavozimli amaldor shaxslari, jumladan mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy va tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif ushbu ijtimoiy tarmoqda tvitlar chop etib boradilar.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Ahmadinajodni "iliq qarshilab", 2009 yilda aynan uning qayta saylanishiga noroziliklar sababli ijtimoiy tarmoq Eron hududida taqiqlab qo‘yilganini tezda eslatib qo‘yishgan.

Top