20:34 / 06.03.2017
8892

Xitoylik solga ekskavator o‘rnatdi va cho‘kib ketishiga bir baxya qoldi

Xitoyning Guandun viloyatidagi Tszyanmin shahrida istiqomat qiluvchi quruvchi solga ekskavator o‘rnatdi va Sitszyan daryosini suzib o‘tmoqchi bo‘ldi. 

“South China Morning Post” xabarida yozilishicha, u shu orqali ishgacha bo‘lgan yo‘lni qisqartirmoqchi bo‘lgan. Ammo daryo o‘rtasida mashina soldan og‘ib keta boshlagan. Ixtirochi ekskavator ichidan chiqishga ulgurgan, bir qancha vaqt o‘tib, qutqaruvchilar uni qirg‘oqqa olib chiqishgan.

Mavzuga oid
Top