19:47 / 06.03.2017
9139
Qoraqalpog‘istonda 5 fermer xo‘jaligiga yangi traktorlar berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidagi «Aydana Jyemeney», «Barshinay Hүrliman», «Salamat Kөshkinbayev», «Seytjan Jamalov», «Tәjimurat Өtebayev» fermer xo‘jaliklariga «O‘zmashlizing» MChJ lizing asosida olib kelingan beshta «Arion-630s» markali yangi traktorlar topshirildi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, tuman bo‘yicha 345 fermer xo‘jaligi bor. Shulardan 275tasi paxtachilik va g‘allachilik, 24 tasi chorvachilik, 3 fermer xo‘jaligi baliqchilik, 1 fermer xo‘jaligi parrandachilik bilan shug‘ullanadi. 

Top