07:24 / 06.03.2017
3503

Norvegiya kemasi O‘rta yer dengizida 500dan ortiq qochqinni qutqarib qoldi

Norvegiya harbiy-dengiz kuchlari kemasi O‘rta yer dengizida 503 nafar muhojirni qutqardi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Harbiylarning ma'lumotiga ko‘ra, qochqinlar harakatlangan rezina qayiqlarda 358 erkak, 29 ayol va 116 nafar bola bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligi jarohatlangan. Qutqaruv amaliyoti vaqtida jiddiy xastalik bilan og‘rigan 16 yoshli o‘smir vafot etdi.

Ta'kidlanishicha, ikki kishi odam savdosida gumonlanib qo‘lga olindi va Italiya politsiyasiga topshirildi.

Avvalroq Irlandiya harbiy-dengiz kuchlarining Niamh kemasi Liviya qirg‘oqlarida 329 nafar muhojirni qutqargani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top